Husanov Ispaniyaga boradimi?

  • 20 oktabr, 15:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining oxirgi beshta uchrashuvda qo‘lga kiritilgan to‘rtta g‘alaba va peshqadam “Arsenal” bilan durangdan keyin musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Tecno

Endi Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasi umumy guruh uchinchi turida “Vilyarreal”ga qarshi bo‘ladigan muhim to‘qnashuvga e’tibor qaratgan. “Shaharliklar” qit’aning eng nufuzli turnirida bittadan g‘alaba va durang qayd etgan holda to‘hridan to‘g‘ri nimchorak final yo‘llanmasini beruvchi kuchli sakkizlikda boryapti.

“Manchester Siti” xalqaro turnirdagi navbatdagi uchrashuvini 21 oktyabr kuni Ispaniyada “Vilrreal”ga qarshi o‘tkazishi belgilangan. Bo‘lajak bahs oldidan turli manbalar klub ichidagi vaziyat haqida axborot tarqata boshladi.

Sports.uz portali “Manchester Siti” o‘yinchilari orasida jarohat olganlar haqida standard.co.uk saytida e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishni ma’qul topdi.

-  Angliya Premer-ligasining sakkizinchi turi doirasida “Everton”ga qarshi uchrashuv oldidan Umar Marmush, Rayan Sherki va Mateo Kovachichning safna qaytgani Xosep Gvardiola jamoasi uchun muhim pallada sezilarli darajada kuchayish bo‘ldi.

Lekin klub rahbariyati, murabbiylar shtabi, jamoa va muxlislar yana bir guruh muhim o‘yinchilarning jarohatdan qutilib, tarkibga qo‘shilishini kutmoqda. Chunki manchesterliklar bir paytning o‘zida to‘rt musobaqa – Premer-liga, Chempionlar ligasi, Liga kubogi (Carabao Cup) va Angliya kubogida (FA Cup) bosh sovrin uchun kurashmoqda.

Biz “Siti” tarkibidagi jarohatlangan futbolchilarning ahvoli haqida so‘nggi ma’lumotlarni beramiz.

Rodri

“Oltin to‘p” sohibi “Brentford” bilan bo‘lgan uchrashuvda jarohat tufayli maydonni erta tark etganidan keyin Ispaniya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘inidan ham ozod qilindi. Garchi ispan yarim himoyachisi Sky Sports jurnalistlariga jarohati engil ekanini ta’kidlagan bo‘lsa-da, aslida vaziyat jiddiy ekani aytilmoqda.

- Tizzamda engil og‘riq his qildim. Bu jiddiy muammoga o‘xshamaydi. Mushagimni cho‘zib oldim shekilli. Bunaqasi Evropa chempionati finalida ham bo‘lgandi. Eng muhimi, bu qo‘rqinchli emas, - dedi Rodri.

Shunga qaramay, Gvardiola 29 yoshli futbolchi to‘liq tiklanib olinishini istayapti. Chunki Rodri o‘tgan yili og‘ir jarohat olib, mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan. U hamon yuqori sport formasini tiklay olgani yo‘q.

Taxminiy qaytish muddati: Noyabr oyi.

Rayan Ayt-Nuri

Yozda olingan jazoirlik futbolchi ham bir necha haftadan beri jarohatini davolatyapti. Xosep Gvardiola Marmush va Ayt-Nuri mashg‘ulotlarga kirishgani, o‘zlarini juda yaxshi his qilayotgani va maydonga qaytishlari yaqin ekanini ta’kidlagan.

Misrlik hujumchi “Everton” bilan o‘yinda qatnashdi. Ayt-Nuri esa, qaydnomaga kiritilmagani uning hali to‘liq tiklana olmaganidan dalolat beradi.

Endi chap qanot himoyachisi hisoblangan Rayan Ayt-Nuri agar Evrpa Chempionlar ligasi doirasida “Vilyarreal” bilan o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmasa, uni kelasi yakshanba bo‘ladigan uchrashuvda kutamiz.

Taxminiy qaytish muddati: 26 oktyabr, “Aston Villa”ga qarshi safar uchrashuvi.

Abduqodir Husanov

Abduqodir Husanov sentyabr oyida “Arsenal” bilan bo‘lgan o‘yin tanaffusida zaxiraga olinganida, avvaliga, xalqaro tanaffus oldidan safga qaytishi kutilgan edi. Chunki Xosep Gvardiola o‘zbek himoyachisi uchta bahsda ishtirok eta olmasligini aytgandi.

Keyin davolanish muddati cho‘zilib, FIFA kunlari tugashi bilan maydonga tushishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqatildi.

Umuman olganda, 21 yoshli legioner qatorasiga beshta o‘yindan beri ko‘rinish bergani yo‘q. Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasining oktyabrdagi yig‘ini, Kuvayt va Urugvayga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham qatnashmadi.

O‘tgan hafta Sky Sports jurnalistlarining mashg‘ulot jarayonidan tayyorlagan lavhasida ham Husanov ko‘rinmadi.

Klub uning ahvoli haqida biror yangi ma’lumot chiqarmagani tiklanish jarayoni kutilganidan sekin ketayotganini ko‘rsatadi.

Shunga qaramay, Husanov kelasi yakshanba “Aston Villa” bilan bo‘ladigan bahsgacha jamoa tarkibiga qaytishi kutilmoqda, - deb yozdi standard.co.uk sayti eksperti Aleks Deykers.

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, Abduqodir Husanovning Ispaniyada bo‘ladigan “Vilyarreal”ga qarshi uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishi ehtimoli juda katta. Evropa Chempionlar ligasi doirasidagi bu bahst 21 oktyabrdan 22 oktyabrga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

 

Husanov kutib ol! Jamoaga 87 million evroga yangi yulduz keladi

Shomurodov zarbalaridan Evropaning nechta jamoasi “aziyat” chekkanini bilasizmi?

 

Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!