Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?

  • 18.10.2025 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari joriy mavsumda Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubiga ham muxlislik qilib, ushbu jamoa o‘yinlarini muntazam kuzatib bormoqda. Chunki istanbulliklar safida O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki etakchisi – Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev to‘p tepyapti.

Istanbul klubi jahon miqyosidagi yulduz – “Real” klubi va Frantsiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappedan foydalanib, jahon futbol jamoatchiligi e’tiborini “Istanbul Bashakshehir” nomiga qaratdi.

Klubdagi sun’iy intellekt yordamida videorolik yaratib, unda Kilian Mbappeni “Bashakshehir” jamoasini ijtimoiy tarmoqda kuzatib borayotgandek ko‘rsatgan. Rolikda frantsiyalik futbolchi   “Bashakshehir” yana post qo‘yibdi. Menga ularning kontenti juda yoqadi”, deydi.

“Bashakshehir”  ushbu rolikni klub ijtimoiy tarmog‘iga joylab, frantsuz tilida “Continue à nous suivre Kylian!”, ya’ni “Kilian bizni kuzatishda davom et!” mazmunida javob yozib qo‘ydi.

E’tiborli jihati, “Istanbul Bashakshehir”ning bu posti Mbappening o‘zigacha etib bordi va mashhur o‘yinchi bu postga “layk” bosdi.

Ayni paytda bu post tobora kengroq tarqalib bormoqda. Rolikni ushbu link orqali ko‘rish mumkin.

Ta’kidlash joizki, “Istanbul Bashakshehir” yozgi transferlar vaqtida “Roma”dan Eldor Shomurodovni keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan 3 million evro evaziga bir mavsumga ijaraga oldi.

Istanbulliklar kelasi yoz yana 2,7 million evro to‘lab, o‘zbek hujumchisini to‘liq transfer qilishi mumkin. Shomurodov qisqa muddatda jamoaning etakchi o‘yinchisi va asosiy to‘purariga aylandi. 30 yoshli hujumchimiz Turkiya Superligasida ettita uchrashuvdan ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va bitta golli pas uzatdi.

Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasining ham eng zo‘r to‘purari hisoblanadi. Tajribali forvard xalqaro miqyosda 86 ta uchrashuvda maydonga tushib, bu bahslarda 43 ta gol urgan.

Shuningdek, turk klubi Rossiyaning TsSKA jamoasidan Abbosbek Fayzullaevni transfer qildi. O‘zbek futbolchisi uchun turkiyaliklar “armiyachilar”ga 7,5 million evro badal puli to‘lagan. Shu tariqa, Fayzullaev “Istanbul Bashakshehir” tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylandi.

22 yoshli hujumkor futbolchimiz joriy mavsumda Turkiya Superligasi beshta uchrashuvda maydonga tushdi. Hozircha, Abbos yangi chempionatga moslashish jarayonini boshdan o‘tkazmoqda.

Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘ttizta o‘yinda qatnashgan va xalqaro maydondagi gollari soni sakkiztani tashkil qilmoqda.

Husanov haqida xunuk xabar

Husanov ham “Siti” top-reytingga kirishiga hissa qo‘shdi

O‘zbek futbolchilariga uch kunda ikki marta yutqazgan terma jamoa murabbiyi iste’foga chiqdi

Tezkor: Husanov qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi!

O‘zbekistonga qarshi saf tortadigan Urugvay nimasi bilan kuchli?

Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!