Husanov jamoasi Chempionlar ligasida qaysi raqib bilan o‘ynaydi?

  • 26.02.2026 10:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2025-2026 yilgi mavsumda Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining saralash o‘yinlari yakunlandi va bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradigan barcha jamoalar nomi aniqlandi.

Umumiy bochqich yakunlariga ko‘ra, 1/8 finalga chiqqan “Barselona”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Tottenxem”, “Sporting”, “Manchester Siti”,  “Arsenal” va “Bavariya” qatoriga pley-offning ikki o‘yinidan muvaffaqiyatli o‘tgan  “Nyukasl”, “Atletiko Madrid”, “Budyo-Glimt”, “Bayer”, “Pari Sen-Jermen”, “Galatasaroy”, “Real Madrid” va “Atalanta” jamoalari qo‘shildi.

Shu munosabat bilan Yevropa klublari o‘rtasidagi asosiy turnirning 1/8 final juftliklari aniqlandi.

Qur’a oldidan Chempionlar ligasi 1/8 final juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:

“Pari Sen-Jermen” — “Barselona” / “Chelsi”;
“Galatasaroy” — “Liverpul” / “Tottenxem”;
“Real Madrid” — “Sporting” / “Manchester Siti”;
“Atalanta” — “Arsenal” / “Bavariya”;
“Nyukasl Yunayted” — “Chelsi” / “Barselona”;
“Atletiko Madrid” — “Tottenxem” /  “Liverpul”;
“Budyo-Glimt” — “Manchester Siti” / “Sporting”;
“Bayer” — “Bavariya” / “Arsenal”.

Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Manchester Siti” futbolchilari yo “Real”, yoki “Budyo-Glimt”ga to‘qnash keladi. Qiziqi shundaki, Xosep Gvardiola shogirdlari Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichida har ikki raqib bilan to‘qnash kelgan.

Mehmonda o‘tkazilgan bahslarda manchesterliklar “Real”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib kelgan bo‘lsa, Norvegiyadagi o‘yinda “Budyo-Glimt” 3:1 hisobida zafar quchgan.

1/8 final qur’a tashlash marosimi 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda 1/8 finalning ikkitadan  o‘yinlari 2026 yilning 10–11 mart va 17–18 mart kunlari o‘tkaziladi. Turnir finali Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yilning 30 mayiga belgilangan.

 

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!