Husanov muhim o‘rin tutadi! "Siti" sport direktori Abduqodirga yana qanday baho berdi?
Endi Husanovni "Siti"da nimalar kutmoqda?
«Manchester Siti» sport direktori Ugu Viana klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov fikr bildirdi.
Manchesterga 2025 yilning 20 yanvarida kelgan Abduqodir Husanov bilan tuzilgan yangi shartnoma 2031 yil yozigacha moʻljallangani klub tomonidan 25 iyul kuni rasmiy e’lon qilindi.
- Abduqodir Angliyaga kelganidan buyongi rivojidan juda mamnunmiz va undan katta taassurot oldik. U qanday qilib yorqin, maqsadga intiluvchan yigit va ajoyib himoyachiga aylanayotganini koʻrib turibmiz.
Biroq bu faqat boshlanishi ekanini ham yaxshi bilamiz. Uning jismoniy va texnik koʻrsatkichlari yuqori, u jahon darajasidagi markaziy himoyachi boʻlish uchun zarur boʻlgan barcha sifatlarga ega.
U hali 22 yoshda, eng yaxshi yillari hali oldinda, salohiyati esa endi-endi toʻliq namoyon boʻlmoqda.
Shu boisdan ham uning «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzolaganidan juda xursandmiz va u Enco Mareskaning kelgusi yillar uchun rejalariда muhim oʻrin tutadi, deb umid qilamiz, — dedi Ugo Viana «Manchester Siti»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Zamonaviy futboldagi eng zoʻr himoyachilardan biriga aylanib borayotgan Abduqodir Husanov ham yangi shartnoma boʻyicha oʻz pozitsiyasini ma’lum qildi.
- Manchesterga kelgan kundan boshlab har bir daqiqadan zavq oldim. Futbolchi sifatida oʻsib borayotganimni, koʻp narsalarni oʻrganayotganimni his qilyapman.
Endi oldimda yangi vazifa turibdi – Enco Mareska va uning murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirish, jamoa tarkibiga muntazam kirib borish.
Bunga erishishga qat’iy bel bogʻlaganman. Qoʻllab-quvvatlab kelayotgan «Siti» muxlislariga minnatdorchilik bildiraman, – degan oʻzbek legioneri bundan keyin ham jamoasi eng yuqori natijalarga erishishi uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Izohlar (0)