Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Husanovni tanimasdim, unga shubha bilan qaragman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Abduqodir o‘zini o‘zi ko‘tardi, Gvardiola emas

Londonning “Arsenal” klubida faoliyat ko‘rsatgan Rossiya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin jurnalistlar bilan suhbatda savollarga javob berib, 2026 yildgi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasidan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirdi.

- Yozda O‘zbekiston milliy terma jamoasidan nimalar kutyapsiz? Ular uchun jahon chempionatiga chiqishning o‘zi katta yutuqmi yoki guruhdan chiqishi ham mumkinmi?

- Albatta, ular uchun jahon chempionatiga chiqishning o‘zi katta yutuq. Lekin hozir hatto guruhda uchinchi o‘rinni olgan jamoa ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin.

Shuning uchun O‘zbekiston men uchun Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhda bo‘lsa ham, musobaqada imkoniyatlari maxfiy bo‘lib turgan jamoasi hisoblanadi.

Men Kolumbiyaning imkoniyatlarini juda yuqori baholayman. Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasining darajasi ham O‘zbekistondan katta farq qiladi, deb o‘ylamayman.

Yaqinda O‘zbekiston terma jamoasining o‘yiniga bordim. Yigitlarning o‘yini va harakati menga juda yoqdi. Eldor Shomurodov yaxshi o‘ynadi.

O‘zbekiston rostmana o‘ynaydigan, futbol ko‘rsatadigan jamoa.

- Abduqodir Husanov umuman olganda, ushbu mavsum “Manchester Siti”ning eng yaxshi uch futbolchisi qatoriga kirdi. Bu fantastik yutuq.

- Men uchun bu haqiqiy kashfiyot bo‘ldi. Rostini aytsam, Abduqodir Husanov kimligini u “Manchester Siti”ga o‘tguncha bilmasdim.

Men ham avval u Angliyada o‘ynab keta olarmikan, deb unga shubha bilan qaragandim. Lekin u juda yaxshi o‘ynamoqda, bu haqida boshqa nima deyish mumkin?

- Uni katta futbolchi qilib tarbiyalagan inson Xosep Gvardiolami?

- Menimcha, Abduqodir o‘zini o‘zi shakllantirdi.

Ammo u Gvardiolaning darajasi va talablariga mos kelishi, Pepning unga ishonch bildirish – bu ham Gvardiolaning xizmati, deb o‘ylayman.

Shunga qaramay, mening fikrimcha, Husanov o‘zini o‘zi yaratgan futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yildgi jahon chempionatida “K” guruhidan joy olgan. Bu kvartetda, shuningdek, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi futbolchilari  ham o‘ynaydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q