Husanovning birdaniga ikki jamoadoshi ashaddiy raqibga o‘tib ketmoqchi

  • 16 iyun, 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning ikki hujumkor futbolchisi Jek Grilish va Fil Foden kelasi mavsum oldidan jamoani tark etishi mumkin.

Tecno

TALKSPORT nashrining yozishicha, bu o‘yinchilarda faoliyatini “shaharliklar”ning ashaddiy raqobatchilaridan hisoblangan “Arsenal”da davom ettirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, o‘z davrida Xosep Gvardiolaning yordamichisi bo‘lib ishlagan va ayni paytda “Arsenal”ni boshqarayotgan Mikel Arteta Grilish va Fodenni o‘z jamoasiga olib o‘tmoqchi.

Gvardiolaning o‘zi Grilishga yangi jamoa topishni aytgan va shu bois angliyalik o‘yinchini AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga olib ketmadi. Jekka “kanonirlar”dan tashqari “Tottenxem”, “Everton” va sobiq jamoasi “Aston Villa” ham jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fil Foden o‘yinida o‘tgan mavsum keskin pasayish kuzatildi. Ekspertlar unga faoliyatini tiklab olish uchun muhitni o‘zgartirishni tavsiya qilishmoqda. Bundan tashqari, “shaharliklar” Foden o‘ynaydigan pozitsiyalarga “Lion” yulduzi Rayan Sherkini olib keldi. Bu omil ham Fil Fodenning boshqa jamoaga o‘tishiga yo‘l ochishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!