
Husanovning hissasi bor! FIFA transfer rekordini e’lon qildi
Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA yaqinda yakunlangan qishki transferlar davrida amalga oshirilgan kelishuvlarning umumiy summasini e’lon qildi.
Jahonda futbolni rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan nufuzli tashkilot ekspertlari hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar oyida futbol klublari jami 5863 ta transferni rasmiylashtirdi.
Bu oldi-berdilarning umumiy summasi 2,35 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Xarajatlarning bu ko‘rsatkichi qishki transferlar davri uchun yangi rekord hisoblanadi.
Shuningdek, futbolchilarning ko‘chishlari soni ham rekord darajaga etganini alohida ta’kidlash lozim.
Yanvar oyida eng ko‘p xarajat qilgan Angliya klublari bo‘ldi. Zamonaviy futbol vatanidagi klublar yangi o‘yinchilar uchun 621,6 million dollar miqdorida mablag‘ sarfladi.
Serxarajat ligalar reytingi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Angliya klublari ($ 621,6 mln)
Germaniya klublari ($ 295,7 mln)
Italiya klublari ($ 223,8 mln)
Frantsiya klublari ($ 209,7 mln)
Saudiya Arabistoni klublari ($ 202,1 mln).
Ekspertlar Evropa futbolida shov-shuvli transferlar bo‘lganini ham ta’kidlamoqda. Unga ko‘ra, Xvicha Kvaratsxeliyaning “Napoli”dan PSJGa, Abduqodir Husanovning “Lans”dan “Manchester Siti”ga, Jon Duranning “Aston Villa”dan “An-Nasr”ga o‘tgani eng sensatsion transferlardan bo‘ldi.
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari esa, Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi yanvar oyining eng qimmatbaho transferlari reytingiga kiritilganiga ham e’tibor qaratdi.
Sports.uz portali shu munosabat bilan ana shu reytingni ham muxlislarga havola etishni ma’qul topdi.
2025 yilning eng qimmat transferlar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Jon Duran — “An-Nasr”ga o‘tdi, € 77 mln.
Umar Marmush — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 75 mln.
Xvicha Kvaratsxeliya — PSJga o‘tdi, € 70 mln.
Niko Gonsales — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 60 mln.
Xavi Simons — “RB Leyptsig” o‘tdi, € 50 mln.
Galeno — “Al-Ahli”ga o‘tdi, € 50 mln.
Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 40 mln.
Viktor Reys — “Manchester Siti”ga o‘tdi, € 37 mln.
Luis Enrike — “Zenit”ga o‘tdi, € 33 mln.
Santyago Ximenes — “Milan”ga o‘tdi, € 32 mln.
Husanov “Siti”dagi bir necha futbolchini qo‘shganda ham ulardan zo‘r ekan!
Bir gol sabab, endi Shomurodov bizga raqib!
Raqiblar murabbiyi: Shomurodov yoqmaydi, desam ahmoq bo‘laman!
Fikrlar