
Husanovning yangi jamoadoshi bo‘lajak klubidan qancha so‘radi?
"Manchester Siti" va Angliya terma jamoasining qanot himoyachisi Kayl Uoker "Milan" klubiga o‘tishga yaqin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, u "Milan"dan 2027 yilgacha yillik maoshi 4 million evro va qo‘shimcha bonuslar bilan shartnoma so‘radi. Qanot himoyachisiga Saudiya Arabistoni klubidan ham juda foydali taklif bo‘lgani aytilmoqda.
Avvalroq, "Milan" prezidenti maslahatchisi Zlatan Ibragimovich Uoker bilan kelishuv shartlarini muhokama qilish uchun uchrashgani xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Uoker klub safida barcha musobaqalarda 18 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchining "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt internet-portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchining narxi 10 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar