Messi — to‘purarlar qiroli. Mbappe uni taxtdan ag‘darmoqchi

  • 24 may, 2020, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Give me Sport  nashri Evropa Chempionlar ligasida 23 yoshiga eng ko‘p gol urgan to‘purarlar reytingini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatda 23 yoshiga Evropaning eng nufuzli musobaqasida 25 ta gol urgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinda “Real” hujumchisi Raul qayd etilgan. Ispaniyalik futbolchi hisobida 22 ta gol bor.

Eng yuqori pog‘onada turgan bu ikki to‘purarni ta’qib qilayotgan Kilian Mbappe hozirgacha raqiblar darvozasini 19 marotaba ishg‘ol qilgan. Aynan Kilian Messi rekordini yangilashi mumkin. U hozir 21 yoshda va ikki yil ichida Chempionlar ligasida yana 6-7 ta gol urish imkoniyati yuqori.

Shuningdek,  kuchli o‘nlikka qisqa muddatda “Borussiya” vakili Erling Xoland ham qo‘shildi. 19 yoshli futbolchi hisobida 10 ta gol bor. Agar shu tariqa ko‘p gol urishda davom etsa, u ham Mbappe qatori Messi rekordini yangilashi mumkin.

Reytingga kiritilgan qolgan o‘yinchilarning birortasida Messining rekordini yangilash imkoniyati yo‘q. Messining doimiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu esa kuchli o‘nlikka ham kirolmagan.

To‘purarlar ro‘yxati bilan tanishing:

  1. Lionel Messi — 25 ta gol

7d97d40b138a8673d20543590687084f5ebc06cde00e8769460943

  1. Raul — 22 ta gol

raul_14449123291756599953

  1. Kilian Mbappe — 19 ta gol

100f23909f7850efc5b679596f3ed1e45e7ca37903eaf591544971

  1. Karim Benzema — 17 ta gol

388574

  1. Alessandro Del Pero — 16 ta gol

alessandro-del-pero_1517266146132297110

  1. Andrey Shevchenko — 16 ta gol

rue34174da437

  1. Xaver Saviola — 15 ta gol

105788-27

  1. Gabriel Jezus — 13 ta gol

351930

  1. Ueyn Runi — 13 ta gol

204245_2b2ae3b9a930bc73320158c90cacaa0e

  1. Sesk Fabregas, Erling Xoland, Patrik Klyuyvert — 10 tadan gol.

1564072430_0_161_1835_1193_600x0_80_0_0_a8b03a77c37573f331e2ccf8c99877c4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!