Husniddin Aliqulov: Anzur Ismoilovga havas qilganman!

  • 08.06.2024 20:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida Eronga ketish oldidan so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Vakillarimiz to‘liq tarkibda mashg‘ulot olib bordi. Terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Turkmanistonga qarshi terma jamoamiz safida debyut golingizni kiritdingiz. Hissiyotlar qanday bo‘ldi?

Birinchi o‘yinni yaxshi o‘tkazib oldik. Rasmiy uchrashuvlarda gol kiritganimdan juda ham xursandman. 

Ko‘pincha hujumda harakat qildingiz va bunga murabbiyning fikri qanday bo‘ldi?

- Murabbiylarimiz mashg‘ulotlarda hujumga qo‘shilishimni aytgandi. Ikkinchi bo‘limda to‘liq o‘ng qanotda o‘ynab, hujumga qo‘shilishga harakat qildim. 

Gollardan ikkitasi himoyachilar tomonidan kiritildi. Eronga qarshi ham hujumkorlik ko‘ramizmi?

- Albatta, murabiylar bilan taktikani tuzib chiamiz. Terma jamoadagi himoyachilardan Anzur Ismoilovga havas qilganman", - dedi "Rizespor"da o‘ynayotgan legionerimiz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!