Ian Rayt: "Arsenal"ning himoyadagi harakatlari jiddiy xavotir uyg‘otadi – jamoa juda statik edi"

  • 4 may, 14:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning mashhur futbol sharhlovchisi va "Arsenal" afsonasi Ian Rayt o‘z sobiq jamoasining APLning 35-turida "Bornmut"ga qarshi o‘yinidan so‘ng (1:2) keskin norozilik bildirdi.

Tecno

"Ikki gol ham juda oson keldi. Men yigitlarni erga urishni istamayman – ularni nima kutyapti, men bilaman. Bu ular uchun juda katta ahamiyatga ega. Lekin shunga qaramay, yaxshiroq o‘ynash kerak.

Birinchi gol – yaxshi zarba, lekin himoyadagi xato aniq. Har ikki himoyachi ham zarba berish arafasidagi futbolchini kuzatmayapti. Bu juda g‘alati edi, ayniqsa, "Arsenal"ning himoyada qanchalik mehnat qiluvchi jamoa ekanini bila turib. Lekin bu mavsumda ular standart vaziyatlarda samarali harakat qila olishmadi.

Shu bosqichda shunday ikki gol o‘tkazish — ko‘ngilni cho‘ktiruvchi holat. Jamoa charchagan, bu aniq – jismonan ham, ma’nan ham. Lekin oxirgi bosqichda harakat kuchaytirilishi kerak. Ikkinchi golda hech kim kurashmadi. Gol a’lo darajada, lekin Edegor butunlay reaktsiyasiz bo‘ldi – u topni emas, odamni kuzatdi.

Agar u yuzi bilan vaziyatga qaraganida, balkim Lyuis-Skelli kabi pozitsiyani to‘g‘ri egallab, vaziyatni to‘xtata olardi. U hatto vaziyatning yaqinida bo‘lsa ham, hech narsa ko‘rmadi.

Eng katta xavotir – jamoaning statik bo‘lib qolgani. Bizda Gabriel yo‘q, u o‘yinni tashkil qilish va agressivlikni oshirishga yordam bergan bo‘lardi. Lekin ushbu vaziyatlarda hech kim kurashmadi. Hammasi juda oson bo‘lib ketdi. Bu yomon himoya" – dedi Rayt Premier League Productions efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!