IBA Parij Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlariga katta miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlaydi

  • 29.05.2024 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlarini tashkilot fondi tomonidan alohida moddiy rag‘batlantiradi. Bu haqida IBA prezidenti Umar Kremlev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Manbaga ko‘ra, har bir oltin medal uchun 100 000 AQSh dollari ajratiladi. Bu summaning teng yarmi bokschining hisobiga, 25 000 uning murabbiyi va qolgan 25 000 milliy federatsiya hisobiga yo‘naltiriladi. 

Kumush medal uchun 50 000 AQSh dollari ajratilgan. Uning teng yarmi (25 000) bokschiga, qolgan qismi mos ravishda murabbiy va milliy federatsiya o‘rtasida taqsimlanadi. 

Bronza medali uchun esa 25 000 AQSh dollari beriladi. Undan 12 500 AQSh dollari atlet hisobiga tushsa, qolgan 50 foiz avvalgi taqsimotda bo‘lgani kabi murabbiy va milliy federatsiya o‘rtasida bo‘linadi. 

Shuningdek, hatto chorak finalgacha etib borgan bokschilar uchun 10 000 AQSh dollari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!