
IBF chempioni Sabriel Matias Shohjahon Ergashev bilan jang qilmoqchi emas edi, u nimadan qo‘rqdi?
IBF tashkiloti super engil vazn toifasida chempionlik kamarini egasi Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev jangini tashkil etish huquqini beruvchi promouterlik savdosini 15 avgust kuniga belgiladi.
IBF tashkiloti kamari himoyasi uchun gonorarlar odatiy holatga chempion va da’vogarga 85-15 nisbatda taqsimlanar edi. Ammo Ergashevning promouteri Dmitriy Salita IBFga murojaat kiritib, bu jang uchun 70-30 nisbat belgilanishiga erishgan.
Aslida Puerto Riko vakili Sabriel Matias sobiq jahon chempioni Sergey Lipinetsga qarshi ringga ko‘tarilishi kutilayotgan va Shohjahon Ergashev ham bu jangning bo‘lishiga ruxsat bergan bergan edi. Ammo keyinroq rejalar o‘zgardi.
“Matiasning jamoasi va promouterlari PBC/TGB bilan Lipinetsga qarshi jangga kelishilgan. Bu to‘qnashuvni tashkil qilish bo‘yicha muammo bo‘lmagan. So‘ngra Ergashevning promouteri Dmitriy Salita da’vogarlik ma’qomini himoya qilish uchun IBF'ga so‘rov kiritdi va tashkilot ham uni qo‘llab quvvatladi. Matiasning PBC kompaniyasi Salita va Ergashevga uning Lipinetsga qarshi jangini tashkil etishga ruxsat berish uchun taklif yubordi.
Matias bilan jangni IBF'ning sobiq chempioni sifatida Lipinetsdan ko‘ra ko‘proq xohlaydigan bokschi yo‘q. Qolaversa, uslub jihatdan ham bu tomoshabob bahs bo‘lar edi”, - deydi Lipinetsning menejeri Aleks Vaysfild.
Ulardan farqli o‘laroq, Shohjahon Ergashev (23-0, 20KO) o‘zining ilk chempionlik jangida ishtirok etadi. 31 yoshli bokschi oldin top jangchilar bilan to‘qnash kelmagan. Salitaning takidlashicha bunga uning havfli chapaqay pancher ekanli sababchi.
“Biz bir jang uchun qo‘yib berishga rozi bo‘lgan edik, so‘ngra Top Braundan (PBC tashkil etivchi janglar promouteri) ular boshqa jang tashkil qilishni istamasligi va to‘g‘ridan to‘g‘ri da’vogar bilan (Ergashev jangni xohlashlarini aytib IBF tashkilotiga email keldi. Matias-Lipinets jangni oqshomi kardida engil jang o‘tkazishni reja qilgan edik. Bir uchun ikkala variant ham yaxshi", - deya aytib o‘tgan Ergashevning promouteri Dmitriy Salita.
Ergashev hozirda Tayson Fyurining murabbiyi Shugar Hil Syuard va Jek Polning murabbiyi Teo Chambers qo‘l osdida mashg‘ulot olib bormoqda.
“Katta nomli jangchilarni u bilan jang qilishga ko‘ndirish qiyinchilik tug‘diradi va biz bilardikki unga elita darajadagi bahsni olib berishning yagona yo‘li majburiy da’vogar pozitsiyasiga ko‘tarish edi. 6 oy oldin, Ergashev reytingda 3-pog‘onaligida biz reytingdagi barcha bokschilarga taklif berdik va hech kim jangni qabul qilmadi”, - deya qo‘shimcha qiladi Salita.
Endilikda super engil vazn toifasida eng yaxshi bokschilar o‘zaro hisob kitob qiladi. Matias (20-1, 19KO) ham har ikkala qo‘lda kuchli zarbaga ega boschi hisoblanadi. U fevral oyida Ieremiya Ponseni mag‘lub etib, IBF kamarini qo‘lga kiritgan edi.
IBF Matias va Ergashev jangi uchun belgilagan kelishuv muddatida tomonlar murosaga kela olmadi. Endi 15 avgust kuni o‘tkaziladigan auktsionda qaysi tomon tashkilotchilik huquqiga ega bo‘lishi aniqlanadi.
ESPN nashri asosida Jalol Axmedov tayyorladi
Fikrlar