IBF tashkiloti Murodjon Ahmadalievning kamari uchun eliminator jangiga buyruq berdi

  • 30 sentabr, 2021, 23:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

IBF tashkiloti birinchi yarim engil vazn toifasida (-55,3 kg) eliminator (saralash) jangini e’lon qildi. Unga ko‘ra, IBF chempionlik kamariga da’vogarni aniqlash uchun reytingda 4-o‘rinda borayotgan filippinlik Marlon Tapales (34-3, 17KO) va 3-pog‘onani egallab turgan yaponiyalik Hiroaki Tegishava (22-2-2, 15 KO) o‘rtasidagi jangni tasdiqladi. Jang g‘olibi hozirda WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadalievga IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar bo‘ladi. Mazkur bahs 27 noyabr kuni Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalishda Murodjon Ahmadaliev o‘z kamarini 3 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Ryosuke Ivasadan himoya qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!