
Ibragimovich nima qilishni bilmayapti
"Milan” forvardi Zlatan Ibragimovich hali o‘z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmaganini aytdi.
“Ko‘ramiz. Kelajakda nima qilishim haqida bir qarorga kelmadim. Har kuni nimadir yangilik sodir bo‘ladi. Faqat yashashda davom etish va hayotdan zavq olish kerak. Mening g‘amxo‘rlik qiladigan oilam bor. Hozircha ular ham yaxshi, men ham”, - deydi 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi.
Qayd etish lozimki, Zlatanning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar