Ibrohim Yo‘ldoshev ham "Burgutlar" oilasiga qo‘shildi

  • 04.12.2025 23:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Selektsiyani faol ravishda olib borayotgan “Burgutlar”ning navbatdagi nishoni iqtidorli himoyachi Ibrohim Yo‘ldoshev.

2025 yilgi mavsumni “Lokomotiv”da boshlab OKMKda yakunlagan futbolchi kelasi yili “Andijon” safida o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, 1999 yilning 5 iyun kuni Toshkentda dunyoga kelgan. 26 yoshli futbolchi “Paxtakor”, “Metallurg”, “Surxon”, “Dinamo”, “Navbahor”, “Lokomotiv” hamda OKMKda to‘p surgan.

Bu yil Yo‘ldoshev 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Qolaversa, o‘z vaqtida O‘zbekiston U19, U21 va U23 terma jamoalarida to‘p surgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!