ICF "Parij-2024" uchun sprint bahslarini o‘tkazish taklifini berdi

  • 7 dekabr, 2020, 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Kengash sportchilar uchun Olimpiadada qatnashishga rag‘bat paydo bo‘lishiga turtki beradi, deya hisoblab, shu qarorga keldi. XOQ 2024 yil Parijda baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilar uchun kvotalarning bir qismini qisqartirgan bo‘lsa-da, sportchilar hali ham Olimpiya litsenziyasi uchun kurashish imkonini saqlab qolishdi.

Tecno

Shuningdek, bu sportchilarga musobaqadagi imkoniyatini ikki baravar oshirib, medallar uchun kurashishiga yo‘l ochib beradi. ICF kanoe-sprint bo‘yicha taklifini "Parij-2024" o‘yinlari dasturi doirasida XOQ Ijroiya Kengashiga ko‘rib chiqish uchun bugun – 7 dekabr kuni taqdim etadi.

Parij o‘yinlarida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida K1 200 musobaqalari bo‘lmaydi. O‘zgarishlar natijasida K2 1000 va C2 1000 bahslari erkaklar o‘rtasidagi 500 metrlik musobaqaga aylanadi.

Erkaklar va ayollar o‘rtasida K4 500 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Erkaklar uchun K1 1000, ayollar uchun C1 1000 m va K1 500 musobaqalari o‘zgarishsiz qoladi.

Keyingi yil Tokio Olimpiadasida birinchi marta bo‘lib o‘tadigan C1 200 va C2 500 ayollar poygalari Parij-2024 uchun o‘zgarishsiz kiritiladi.

Shuningdek, ICF kengashi 2021 yilgi ICF SUP jahon chempionati doirasida foydalaniladigan doimiy eshkak eshish qoidalarini, qochqin sportchilarga xalqaro miqyosda musobaqalashishiga imkon beradigan yangi ko‘rsatmalarni hamda yangilangan antidoping kodeksini tasdiqlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!