Igalo "Manchester Yunayted"ni tark etdi!

  • 27.01.2021 10:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted"ning nigeriyalik hujumchisi Odion Igalo instagramdagi sahifasi orqali jamoadan ketganini e’lon qildi.

“Orzularim poyoniga etganini qabul qilish juda qiyin. Orzum amalga oshgani va MYuga kelganim uchun Yaratgandan minnatdorman. Bu jamoada o‘ynash – men uchun sharaf. Ko‘pchilik menga ishonmaganida, menga ishonch bildirgan murabbiyga rahmat aytaman. Ajoyib jamoadoshlarimni sog‘inib qolaman”, - deb yozdi Igalo.

31 yoshli Igalo MYu safida 2020 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!