Ignatiy Nesterov "Lokomotiv" mashg‘ulotlariga qaytdi

O‘tgan mavsumda «Lokomotiv» sharafini himoya qilib, ushbu mavsum arafasida Saudiya Arabistonining «Ohod» klubiga o‘tib ketgan, ammo ko‘p vaqt o‘tmay doping iste’mol qilganligi sababli 12 oktyabrga qadar maydonga tushishi ta’qiqlangan Ignatiy Nesterov o‘z jismoniy holatini qaytarib olishi uchun 12 avgustdan mashg‘ulotlarda qatnashishi mumkin edi.

Darvozabon bugundan e’tiboran jamoa tarkibida mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

U «Lokomotiv»ning ikkinchi davra uchun ro‘yxatidan o‘rin olgan va diskvalifikatsiya muddati yakunlanganidan keyin rasmiy o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kanron ja
14/08/2019 12:31
Ot aylanib qozzig'ini topadi