Igor Golban mashg‘ulotlarga qo‘shildi, Islom Isoqjonov va Azim Ahmedov esa...
"Navbahor" a’zolari Coca Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirishyapti.
“Lochinlar” bugungi mashg‘ulotni Viktor Jalilov boshchiligidagi murabbiylar shtabi qo‘l ostida “Markaziy” o‘yingoh zaxira maydonida o‘tkazishdi.
Bugungi tayyorgarlik jarayonini jamoaning maslahatchi-murabbiyi Samvel Babayan ham bevosita maydonda kuzatdi.
Mashg‘ulotda kecha Rossiyadan etib kelgan tajribali himoyachi Igor Golban ham ishtirok etdi. Biroz betobligi bois, mashg‘ulotlarda tajribali yarim himoyachi Islombek Isoqjonov qatnashmayapti. Isoqjonov va jamoa sardori Azimjon Ahmedovning tez kunlarda mashg‘ulotlarga qo‘shilishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Bunyodkor” bahsi 17 oktyabr kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda soat 17:00 da start oladi, - deya xabar bermoqda, “Navbahor” matbuot xizmati.
Fikrlar