Igor Tudor: "Bizga ko‘proq mehnat va vaqt kerak"
"Tottenxem Hotspur" bosh murabbiyi Igor Tudor APL 27-turida "Arsenal"ga qarshi uchrashuvdagi (1:4) mag‘lubiyatdan so‘ng fikr bildirdi.
"Hozir shunday formada bo‘lgan jamoaga qarshi o‘yinni og‘ir boshladik. Jismoniy jihatdan ular boshqa darajada edi, shuning uchun ularni tabriklayman. Ular ancha yaxshiroq o‘ynadi va g‘alabaga munosib bo‘ldi. Men jamoamda ishlashga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rdim, ammo bu yetarli emas ekan.
Seshanba kuniyoq jiddiy ishlashimiz kerakligini angladim. Ayni paytda jamoadа muammolar ko‘p. Yagona yo‘l – har kuni mashg‘ulotlarda mehnat qilish va kamtar bo‘lish. Biz yanada tajovuzkor va ixcham o‘ynashimiz kerak. Eng muhimi shu.
Bir jamoa bilan boshqalar o‘rtasida fikrlash tezligidagi farqni ko‘ryapsiz. Biz buni o‘zgartirishimiz shart. Men bunga qodir futbolchilarni ko‘rdim, lekin bizga vaqt kerak. Tushib ketish haqida o‘ylash hech kimga foyda bermaydi", – dedi Tudor.
Fikrlar