Ikardi A Seriya grandi safiga o‘tishi kutilyapti

  • 26 iyun, 2023, 23:04
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mauro Ikardi "Milan"ga o‘tishi mumkin.

"Sport Mediaset" xabariga ko‘ra, PSJ hujumchini 15-20 million evroga sotishga tayyor va bu argentinalik futbolchining yuqori maoshidan farqli o‘laroq, "rossonerilar" uchun muammo bo‘lmaydi.

Futbolchi 7 million evro oladi va u A Seriyaga qaytishi uchun bu miqdor kamayishiga rozi bo‘lishi lozim.

Ikardi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tmoqchi emas, garchi taklifllar bo‘lsa ham. Shu bilan birga, u joriy mavsumda ijara asosida o‘ynagan "Galatasaroy" klubida ham qolish niyatida emas. 

Jurnalist Alessandro Skyavone so‘zlariga ko‘ra, Ikardi Milandan qo‘ng‘iroq bo‘lishini kutmoqda va aynan shu jamoaga o‘tishni afzal ko‘radi.

U o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 24 ta o‘yinda 22 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!