Ikardi uchun kurashga yana bir klub qo‘shildi

  • 13.08.2019 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha 26 yoshli argentinalik futbolchiga "Monako"dan qiziqishlar bo‘lmoqda. Ular xatto ushbu transfer yuzasidan “neradzurrilar”ga rasmiy taklif ham yuborishgan.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi uchun shuningdek "Napoli", "Roma" va "Yuventus" kabi A Seriya grandlari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Ikardi “Inter” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum jam 37ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!