Ikki kunda ikki e’tiroz! Tojikiston va Afg‘oniston “CAFA Nation's Cup”dan norozi ekanligini yashirib o‘tirmayapti!
Musobaqaning guruh bosqichi doirasidagi ikkinchi tur o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston muddatidan avval final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qirg‘iziston va Eron terma jamoalari ikkinchi finalchi nomini aniqlash maqsadida maydonga chiqib kelish lozim. Biz esa, o‘tkazilayotgan turnir borasida mehmon jamoalarning keskin fikrlariga e’tibor qaratmoqchimiz. Kecha Tojikiston termasi ustozi - Petr Segrt Ummonga qarshi o‘yindan so‘ng uyushtirilgan matbuot anjumanida keskin fikr bildirdi:
"Biz barchasini qabul qilamiz. Bu erda biz bor yo‘g‘i Tojikistonmiz xolos. Birinchi o‘yindagi suv ichib olish uchun berilmagan vaqt, ikkinchi o‘yinda belgilangan ikkita penalti va qizil kartochka. Ikki o‘yinimiz ham kunduzgi vaqtga to‘g‘ri kelgani sababli kuchli issiqda to‘p surdik. O‘zbekiston 3 o‘yinni ham o‘zi uchun qulay vaqtda o‘tkazadi. Biz barchasiga rozimiz. Futbolchilarimiz barchasiga dosh beradi. Afsuski, tashkilotchilikdagi xatolar sababli O‘zbekistonga qarshi o‘yinga kuchimiz qolmaydi. Shunga qaramay, o‘zbek xalqi bizni do‘stona qabul qilganini aytishim shart. Shu bois, bo‘layotgan voqealarni sababi nima ekanligini tushunmayapman."
E’tiborlisi bu “CAFA Nation's Cup musobaqasida yuzaga kelgan birinchi yoqimsiz ta’rif emas. Ancha avval Afg‘onistonlik jurnalist – Saber Perzad ham tashkilotchilik borasida tanqidiy fikr bildirgan. Bu haqida, erkin jurnalist – Aleksandr Troitski xabar bermoqda.
Uning manbalarga tayanib bergan ma’lumotlariga qaraganda, Afg‘oniston terma jamoasini boshqa jamoalar singari kutib olishmagan emush. Mashg‘ulot maydoni, ovqatlanish va mehmonxonalar masalasida Qirg‘iz Respublikasida muammolarga duch kelgani aytilmoqda. Yodingizda bo‘lsa, birinchi turdagi bahsda Afg‘oniston termasi ustozi o‘yin tugashiga bir daqiqa qolganida hakamlikdan norozi bo‘lgancha, shogirdlarini maydondan olib chiqib ketgan edi.
Bu masalaga sizning munosabatingiz qanday? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!
Fikrlar
nega ular kunduzi o'ynashlari keragu biznikilar salqinroqda o'ynashlari kerak?
nega 21:30 yoki 22:00ga qo'yishmadi o'yinlarni? soqqa kam tushsa kerakda ... o`sha gap: O`zb tengdir)