Ikki oy ichida ikki yilning energiyasini sarflab yubordim, o‘zim uchun g‘olibman - iste’foga chiqarilgan Hamidullaev yana nimalar dedi?

  • 2 noyabr, 2020, 21:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”da yana bosh murabbiyning iste’foga chiqarilgani kutilmagan yangilik bo‘ldi, ko‘pchilik uchun. Ikkinchi davra boshidan bosh murabbiy vazifasiga tayinlangan Baxtiyor Hamidullaevning mavsum tugashiga to‘rt tur qolganida ishdan bo‘shatilishini hamma ham olqishlayotgani yo‘q.

Tecno

Lekin rahbariyat uni iste’foga chiqarishni lozim topdi. Qiziq, endi kim “Andijon”ga so‘ngi to‘rtta o‘yinda bosh murabbiylik qilarkin? Biz esa ishdan bo‘shatilgan murabbiy bilan aloqaga chiqdik va iste’fosinig asl sabablari haqida qiziqdik.

-  “Andijon” jamoasining oldiga qo‘yilgan maqsadi bor, - deya gap boshladi, Baxtiyor Hamidullaev. - Shu sababli Termizda g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Agar “Surxon”ni yutsak, ulardan oldinga o‘tib olgan bo‘lardik. O‘sha uchrashuvda bor kuchimiz bilan harakat qildik. Yaratilgan imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ular esa vaziyatidan unumli foydalanib qolishdi. Uchrashuvdan so‘ng iste’foga chiqdim. Bundan xafa emasman. Nimagaki, o‘zim uchun qaysidir ma’noda g‘olibman. Birinchi davrada olti ochko jamg‘argan “Andijon” oxirgi o‘rinda edi. Men kelgach, etti ochko ishladik va bir pog‘ona yuqoriladik. Shu o‘rinda, futbolchilarimizga rahmatimni aytib qo‘ymoqchiman. Ularni bir nechtasi ramziy terma jamoaga kiritildi. Qolaversa, ikki marta ramziy terma jamoaning bosh murabbiyligiga meni loyiq ko‘rishdi. Klubni elitada olib qolsa bo‘ladi. Biroz bo‘lsa ham jamoada o‘yin yo‘lga qo‘yilgan. Agar shu paytgacha to‘plagan etti ochkoimiz “Andijon”ning Superligada qolishida foyda keltirsa bundan xursand bo‘laman.

-  O‘yindan avval “Surxon”ga yutqazsangiz ketishingizni bilarmidingiz. Yoki barchasi kutilmaganda yuz berdimi?

-  U qadar to‘satdan yuz berdi, demagan bo‘lardim. Boshqa gaplar ham boru, ammo gapirmaganim yaxshi. Qachondir shunday bo‘lishi kerak edi.

-  Muxlislar orasida chempionat tugashiga to‘rtta tur qolgan bo‘lsa, kim ham bunday qiyin vaziyatda jamoani boshqarishga rozi bo‘lardi, undan ko‘ra, Hamidullaev ishini oxirigacha etkazib qo‘ygani yaxshi emasmidi, degan gaplarni eshityapmiz...

-  Kimdir kelib harakat qilib ko‘rsin. Menimcha, vaziyat u qadar yomon emas. “Buxoro” o‘z maydonidagi o‘yinlarda yutishga harakat qiladi. Bizda jiddiy o‘yinlar qolgan. Balki markazlashgan holda o‘yinlar o‘tkazilganida etti ochko ham etarli bo‘lishi mumkin edi. “Buxoro” o‘tib keta olmasligi ham mumkin. “Andijon”ga kim murabbiylik qilsa ham omad tilayman.

xamidullaev_2

-  Klubga bosh murabbiy etib tayinlanganingizda tuzilgan rejalar siz bilan chambarchas bog‘liq edi. Lekin murabbiyning hayoti tez o‘zgarib turadi va ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. Yuz bergan ishlardan keyin ranjib qolmadingizmi?

-  Yo‘q, hech kimdan xafa bo‘lmadim. Murabbiy chamadonning ustida o‘tiradi, deb bejizga aytishmaydi. Bu ibora har kuni miyamda bor edi. Har qanaqa holatda ham vaziyat bunday tus olishiga tayyor edim.

-  Superligada ilk bor bosh murabbiylik qilishga kirishgandingiz va bu uzoqqa cho‘zilmagani faoliyatingizda ruhiy zarba bo‘lib qolmaydimi?

-  Aytyapman-ku, men g‘olibman. Boshida murabbiylar qanaqa maoshlar bilan ishlab kam ochko jamg‘argan bo‘lsa, biz kamtarona maoshlar bilan etti ochko to‘pladik. Hali mavsum tugagani yo‘q, yana to‘rtta tur bor. Baribir o‘zimni g‘olib, deb hisoblayman.

-  “Andijon”ni necha foizga aniq qoladi, deb ayta olasiz? Chunki keyingi turlarda AGMK, “Qo‘qon-1912”, “Mash’al” va “Paxtakor” kabi jamoalar bilan o‘ynaydi...

-  100 foizga imkoniyat bor, deb ayta olaman. Menimcha, “Mash’al”ni yutsa, aniq qoladi.

xamidullaev5

-  Muxlislarga qanday aytadigan gapingiz bor?

-  Ishqibozlar tushkunlikka tushmasin. O‘zimga ham ko‘pchilik qo‘ng‘iroq qilib, nega bunday bo‘lganiga tushunishmayapti. Hali umidini uzishmasin. Baribir Andijonda kuchli jamoa bo‘lishi kerak. Suyukli klubiga oxirigacha muxlislik qilishsin, tashlab qo‘yishmasin. Superligada jon saqlab qolsa bo‘ladi.

-  Natijaga doim murabbiy javobgar. Qilgan ishlaringizni tahlil qiladigan bo‘lsangiz, qaerda xatoga yo‘l qo‘ydim deb o‘ylaysiz?

-  Bu haqida aytgim yo‘g‘u, ammo yaxshi savol bo‘ldi. “Surxon”ga qarshi uchrashuvning 15-daqiqalarida rahbariyat tomonidan Siroj Melievning o‘rniga Shahboz Jumaboevni maydonga tushirsin, degan qo‘ng‘iroq bo‘libdi. To‘g‘risi, bu gap menga yoqmadi. Xuddi men futbolni tushunmaydigandek. Zaxiramizda o‘yinga tushishi mumkin bo‘lgan o‘zi uchta futbolchimiz bor edi va ularning kuchini teng taqsimlab, butun o‘yingacha etkazishimiz kerak edi. 15-daqiqada Melievning o‘rniga Jumaboevni maydonga tushirsak shoshma-shosharlik qilgan bo‘lardik. Bunday o‘zgarish qilmay, to‘g‘ri ham qilgan ekanman. Birinchi bo‘limda keyin Jamshid Homidovda biroz og‘riqli holat bo‘lgan ekan. Qanchaga kuching etadi, desam 10 daqiqagacha, dedi. Unday bo‘lsa dam olaver dedim-da, o‘rniga Shahboz Jumaboevni tushirdim. Menimcha, boshqa o‘zgarishni qilganim rahbarlarga yoqmadi.

-  Superligada ma’lum vaqt ishlash orqali bo‘lsa ham, o‘zingiz uchun nimalarni o‘rgandingiz?

-   Gapning ochig‘ini aytsam, nafaqat Andijon, balki o‘zbek futboliga ham juda kerak ekanligimni tushundim.

xamidullaev3_1

-  Nimaga asoslanib aytyapsiz?

-  Ko‘rdim, bildim. O‘zim ham qandaydir g‘ayrioddiy ishlar qilganim yo‘q. Faqat murabbiylik tushuncham bo‘yicha nima to‘g‘ri bo‘lsa, shuni qildim. Deyarli hamma narsa o‘xshadi.

-  Endi keyingi rejalaringiz qanday?

-  Ikki oy ichida ikki yilning energiyasini sarflab yubordim. Endi uyda biroz dam olmoqchiman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
'''''''''''' """"""
02/11/2020 22:04
Қилган мехнатинга рози бўл укам, Андижонга бошқа сендек жонкуяр, адолатли, халол мураббий қайтиб келмайди.
'''''''''''' """"""
02/11/2020 22:01
Тепадан турволиб уни қўй буни қўй деб турадигон жамоада Хамидуллаев ишлолмиди, ўзини хурмат қилган мураббий пашёл наххуй дейди. Маладец Баха укам, бошқа кўтялар мураббийлар бўганда ишлорарди, хақиқий адолатли мужик мураббийлар иди наххуй дейди. Гап йўқ Батигол омадини берсин.
&
Okasi
02/11/2020 22:34
Ука, сандан кутмагандим бунақа гапларни. Майли дам олиб, хулоса қилиб оларсан, агар ...
етса....