Ilhom Mo‘minjonovga ham kafil topilib, uning diskvalifikatsiyasi qisqartirildi. Endi murabbiy qachon faoliyatini boshlaydi?

  • 25 fevral, 2020, 13:22
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

2019 yilning 1 aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan “Navbahor” futbol klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov 4 yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.

Tecno

2020 yilning 3 yanvarida “Surxon” futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaatda “Surxon” futbol klubi kafil sifatida Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqib, uning murabbiylik faoliyati tiklanishi so‘ralgan.

Mazkur murojaat O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. Qolaversa, Ilhom Mo‘minjonov chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, shuningdek, uni diskvalifikatsiya qilishda asosan bir tomonlama dalillarga asoslanganini bildirdi. Bundan tashqari Ilhom Mo‘minjonov Etika qo‘mitasiga vaziyatni yanada yaxshiroq o‘rganish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar va o‘zi faoliyat yuritgan futbol klublari xodimlarining u haqidagi tavsifnomalarini taqdim etdi.

Etika qo‘mitasi tomonidan “Surxon” futbol klubini Mo‘minjonovning bundan keyingi faoliyatiga kafolat berayotganligi, “Navbahor” klubining xodimlari va futbolchilari tomonidan unga nisbatan ijobiy tavsif berilganligi, o‘tgan bir yil davomida murabbiyning mazkur holat yuzasidan zarur xulosalar chiqarganligi va pushaymon bo‘lganligi inobatga olinib, Ilhom Mo‘minjonovga nisbatan qo‘llanilgan 4 (to‘rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish intizomiy jazo chorasi qisqartirildi. Endilikda O‘FA Etika qo‘mitasi qaroriga ko‘ra Ilhom Mo‘minjonov diskvalifikatsiyasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Shu bilan bir qatorda, mazkur murabbiy tomonidan kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda qat’iy chora ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, bir paytlar Samvel Babayanga "Bunyodkor" kafil bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
25/02/2020 13:54
Surxon katta tashlabti shekilli UFAga, qachon yo'q bo'ladi korrupsiya.
Абдусамат Жураев
25/02/2020 15:38
СОККАНИ БОССССС ИЛХОМ НАВБАТ СУРХОН НИ ПУЛАРИГА УРГАНГАН КУНГИЛ УЛГАНДА КОЛАДИ ЙИГВОГАН БОЛАРИ ХАММАСИ ОЙЛИК ПАПАЛАМГА УЙНАЙДИГАН КЕРАКЛИК ВАКТДА О:2 НИ 3:2 КИЛИБ ОЛАВЕРАДИ БОТИР ДАРБОЗАБОННИ ЧАКИРВОЛ УЗИГА УЗИ УРИПТУРАДИ ЭГРИНИ ШУМ ТУЗАТАДИ
Ibrohim Kuziev
25/02/2020 15:14
Ufa ni hama aldasa buladi shunchali soda
Tashkilot bekor 4 yil jazo si qogani yaxshidi
Shuning uchun superliga stadonga muxlishlar kelmaydi
Абдусамат Жураев
25/02/2020 15:42
Ха ДИЕРЖОН Имомхужаев нима булди энди вадалар ИЛХОМ окланмайди дегандинку Бизи ПИЖИЛДОК лигада ХАММА НАРСА булади укам САНДАН ОЛДИНАМ буган САНДАН кейинги корупция булади
Ibrohim Kuziev
25/02/2020 15:15
Afsus afsus 4yil jazosini olshin ede
Абдусамат Жураев
25/02/2020 15:45
НАВБАХОР 10 УРИННИ ОЛСАНГАМ СУРХОН НИ ЮТСАНГ БУЛДИ УТКАН ЙИЛГИ КАБИ 3:0 ВА 0:0 ХАЛАБАЙ СУРХОНЧИЛА
&
fc.navbahor
25/02/2020 22:10
Surxon uziga uzi qiyin qipti bu mominjonov e urgangal kongil
Shox Farxadovich
25/02/2020 17:35
ERMATOVOUT YUQOLSIN ERMATOV... KELISHILGAN OYINLAR QIROLI ERMATOV. VA UNING OTASI