Iliya Topuriya faoliyatini yakunlamoqchi
Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotganini tan oldi.
"Bu qarorni qabul qilish uchun oson bo‘lmadi. Hozir butun oilam Ispaniyada yashaydi. Janglarga tayyorgarlik vaqtida doim uydan olisda bo‘lganim bois ularga vaqt ajrata olmayman. Shuning uchun sportdagi faoliyatimni uzoq davom ettirishni istamayman", - dedi Iliya.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya 15 iyun kuni Oq Uyda Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar