Iliya Topuriya UFCga ajoyib taklif bilan chiqdi!

  • 27 iyun, 2023, 14:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFCning yarim engil vazn toifasidagi asli kelib chiqishi gruzin bo‘lgan, ispaniyalik jangchisi Iliya Topuriya UFCga ajoyib taklif berdi. Ya’ni, u UFCni “Real Madrid” stadionida turnir o‘tkazishga chaqirdi.

Tecno

“UFC turnirini qaerda o‘tkazish kerak? Madridda, “Santyago Bernabeu”da, “Real Madrid” stadionida...“Anshlag” bo‘ladi, bunga, menda hech qanday shubha yo‘q.Ispaniya ko‘p odamlar kelishni xohlaydigan joy. Bu Evropa, u erga har kim kela oladi,unchalik qimmatga tushmaydi.Chunki Ispaniya eng qimmat mamlakat emas”, - dedi Topuriya.

Ma’lumot uchun, Topuriya so‘ngi jangini "UFC on ABC 5" turnirida Josh Emmetga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!