IMMAF prezidenti saytimiz uchun maxsus intervyu berdi

  • 4 noyabr, 2024, 16:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

5-10 noyabr kunlari Toshkentda MMA bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli musobaqa oldidan IMMAFprezidenti Kerrit Braun saytimiz uchun maxsus intervyu berdi.

- Janob Braun, O‘zbekistonga xush kelibsiz !

- Rahmat. Bundan juda ham xursandman. Menga O‘zbekiston yoqadi.

- Janob Braun jahon chempionatiga Dana Uayt va Shon Shelbini taklif qilmadingizmi? Nega ular kelishmadi?

- Taklif qilgandim, ammo ularning imkoni bo‘lmadi va uzrini aytishdi. 

- MMA bo‘yicha jahon chempionatiga qiziqishni oshirish uchun qanday rejalar bor?

- Chempionlik kamari joriy etdik va kelajakda yana boshqa rejalar ham bor.

- SIZGA, taklif bersam bo‘ladimi?

- Albatta.

- UFC ning og‘ir vazn toifasi unchalik raqobatdosh emas. Shundan kelib chiqib, jahon chempionatida g‘alaba qozongan og‘ir vazn vakilini "Dana White contender series"  da qatnashish imkonini olsa, ajoyib bo‘lardi...

- UFC bilan ba’zi masalalarda hamkorlik qilmoqchimiz. Biroq, ular hali tayyor emas.

- Qachondir professional rekordga ega jangchilari ham IMMAF turnirlarida qatnashishi mumkinmi?

- Yo‘q. Nafaqat MMA balki boshqa yakkakurash turlarining professionallari ham ishtirok etmaydi.

- Siz dzyudo vakilisiz. Teddi Renerning MMA dagi imkoniyatini qanday baholaysiz?

- To‘g‘risi, bu borada biror fikr bildira olmayman. 

- Rahmat.

 

   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!