Asosiy mazmunga oʻtish

Indoneziya uchun so‘nggi imkoniyat

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Klyuvert boshqaruvidagi Indoneziya Jahon chempionatiga chiqa oladimi?

Indoneziya terma jamoasi 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga chiqa olmasligi mumkin. Bugun Patrik Klyuvert shogirdlari Iroq bilan kuch sinashadi va agarda mag‘lub bo‘lishsa, "JCh-2026"ga bo‘lgan yo‘l shu erda tugaydi. 

Indoneziya saralashning 3-bosqichida Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy va Bahrayn bilan bir guruhga tushdi. 3 ta g‘alaba, 3 ta durang va 4 bora mag‘lubiyatga uchragan holda 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa 4-bosqichga yo‘llanmani oldi. 

Keyingi bosqichda esa Saudiya Arabistoni va Iroq bilan bitta guruhdan joy olgan Indoneziya birinchi turda Saudiya Arabistoniga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va jamoaning imkoniyati pasayib ketdi. So‘nggi chora esa Iroqqa qarshi bo‘ladigan uchrashuvdir. Agarda Klyuvert boshchilidagi Indoneziya g‘alaba qozonib, 3 ochkni qo‘lga kiritsa, 2-o‘ringa chiqadi va pley-off yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin. 

Indoneziya federatsiyasi "JCh-2026"ga chiqish yo‘lida Klyuvertni bosh murabbiy qilgandi. Uning qo‘l ostida jamoa ushbu turnirda Avstraliya (5:1), Yaponiya (6:0), Saudiya Arabistoniga (3:2) mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, Bahrayn va Xitoyni (ikkalasi ham 1:0 hisobida tugagan) mag‘lub qildi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q