Iniesta Marokash terma jamoasida ish boshlashi mumkin
"Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Andres Inyestaning kelajagi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. AS nashri xabariga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis Marokash milliy terma jamoasiga sport direktori lavozimiga tayinlanishi mumkin.
Hozircha tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda, ammo kelishuv hali rasmiy imzolangani yo'q. Manbaga ko'ra, agar Inyesta jamoaga kelsa, Marokash terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida Xavi tayinlanishi ham mumkin.
Ma'lumki, Inyesta va Xavi o'z vaqtida "Barselona" safida muvaffaqiyatli o'ynagan va klub bilan birga ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Ma'lumot uchun, "atlas sherlar" joriy yildagi Jahon chempionatida Braziliya, Shotlandiya va Gayti bilan bir guruhdan joy olgan.
Fikrlar