Insayder «Manchester Siti»ning kelajagi haqida ma'lumot berdi

  • 19.10.2026 22:07
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol insayderi Oliver Xoltning aytishicha, mavsum yakunida «Manchester Siti» Angliya Premier-ligasini tark etishi mumkin.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Premier-liga rahbariyati klubga nisbatan yakuniy qaror va jazo choralarini «shaharliklar»ning apellyatsiya jarayoni tugashini kutmasdan e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Apellyatsiya bo‘yicha qaror esa yanvar oyidan oldin chiqmasligi kutilmoqda.

Xoltning ta'kidlashicha, «Manchester Siti»dan shunchalik ko‘p ochko olib tashlanishi mumkinki, jamoa APLdagi o‘rnini saqlab qololmaydi. Shuningdek, klub Chempionshipda ishtirok etadigan keyingi mavsumda ham ochkolaridan ayirilishi ehtimoli bor.

Jurnalistning fikricha, klub boshqa quyi divizionlarga tushirilmaydi. Avvalroq «Manchester Siti» Angliyaning to‘rtinchi divizioni — Liga 2ga yuborilishi mumkinligi haqida ham taxminlar bildirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti»ga moliyaviy qoidalarni buzish bilan bog‘liq 115 ta holat bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Hozircha klubning quyi diviziongа tushirilishi haqida rasmiy qaror e'lon qilinmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!