Insayderlar Gvardioladan keyin “Siti”ni kim boshqarishini ma’lum qildi

  • 24.02.2026 14:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Topskills Sports UK nashri insayderlari ma'lumotiga ko‘ra, mavsum oxirida Xosep Gvardiola “Manchester Siti”dan ketsa, uning o‘rniga Enzo Mareska jamoaning yangi bosh murabbiyga aylanadi.

Klub italyalik mutaxassisga 5 yillik shartnoma tayyorlagan. Aytilishicha, aynan Gvardiola Mareskani o‘zining eng munosib vorisi sifatida tavsiya qilgan.

Mareska joriy yilning birinchi kuni “Chelsi” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi. U shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan uchun beriladigan tovon pulidan ham voz kechdi.

Insayder Fabrizio Romano ham Mareska Gvardiola o‘rniga asosiy nomzod ekanini aytgan edi.

Xosep Gvardiolaning “shaharliklar” bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirigacha amal qiladi, ammo OAV ma'lumotiga ko‘ra, uning kelayotgan yozdayoq ketishi ehtimoli yuqori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!