"Inter" etakchisi shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi

  • 31 may, 2024, 17:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi va "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martines klubdagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko‘ra, hujumchi "neradzurrilar" bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirish taklifini qabul qilgan.

Lautaroning maoshi yiliga 9 million evro bo‘ladi va bonuslar ham taqdim etiladi.

Martines 2018 yilning yozida "Inter"ga "Argentinaning "Rasing" klubidan o‘tgandi. U Italiya jamoasi safida jami 282 ta o‘yin o‘tkazib, 129 ta gol urgan va 43 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!