"Inter" himoyachisi "Barselona"ga o'tishi mumkin!
"Inter" markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni "Barselona"ga o‘tishi mumkin. So‘nggi oylarda kataloniyaliklar italiyalik himoyachi bilan faol aloqada bo‘lib turibdi.
Jurnalist Adrian Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi "Inter" bilan shartnomasini yangilashdan oldin "ko‘k-anorranglilar"ning niyatlari qanchalik jiddiy ekanligini ko‘rmoqchi. Bastonining amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
"Neradzurrilar" rahbariyati markaziy himoyachi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Seshanba kuni "Inter" pley-off bosqichida Norvegiyaning "Budyo-Glimt" jamoasiga umumiy hisobda 5:2 hisobida yutqazib, Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi.
Fikrlar