"Inter" hujumchisi klubni tark etadi

  • 15.06.2023 21:43
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Inter" hujumchisi Edin Jeko tez orada klubni erkin agent sifatida tark etadi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. U milanliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirmasligi ma’lum bo‘ldi.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Jekoning keyingi manzili Saudiya Arabistoni bo‘lishi mumkin. Unga bir qator klublardan qiziqishlar bo‘lmoqda.

37 yoshli hujumchi 2021 yili "Inter" safiga kelib qo‘shilgan. U ushbu mavsum 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta golda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!