"Inter" Jiru uchun kurashdan chiqdi
Milanning "Inter" klubi "Chelsi" forvardi Olive Jiruni sotib olish fikridan qaytdi. Bu haqda Sky in Italy nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "Tottenxem"dan yarim himoyachi Kristian Eriksen sotib olingach, "neradzurrilar" rahbariyati jamoa tarkibi mukammal bo‘ldi deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 33 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Tottenxem" va "Barselona" klublari ham xaridor bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Jiru joriy mavsum “Chelsi” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar