"Inter" Mertensga nima va’da qilmoqda?

  • 21 aprel, 2020, 17:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" klubi "Napoli" forvardi Dris Mertensga aniq taklif yubordi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "neradzurrilar" yozda erkin agentga aylanadigan 32 yoshli belgiyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma va yiliga 6 mln evro maosh taklif qilishmoqda. Bundan tashqari kelishuvda qo‘shimcha bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Mertens joriy mavsum “Napoli” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 12 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!