"Inter" Mertensni tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 29.01.2020 14:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi forvardi Dris Mertens A Seriyaning boshqa jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport muxbiri Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli belgiyalik futbolchini “Inter” o‘z safida ko‘rmoqchi. Biroq, “neradzurrilar” uni mavsum yakunlangach, ya’ni uning neapolliklar bilan shartnomasi yakunlangach tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Inter” Mertensga 2 yillik shartnoma va yiliga 4,5 mln evro maosh va’da qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Mertens joriy mavsum A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!