"Inter" yana hujumchi sotib olmoqchi
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Olive Jiru qishki transferlar davrida boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha 32 yoshli frantsuzning xizmatlariga “Inter” jiddiy qiziqish bildira boshlagan.
Ta’kidlash kerakki, “neradzurrilar” mavsumlar oralig‘ida Romelu Lukaku va Aleksis Sanches kabi hujumchilarni sotib olishdi. Ammo, jamoa bosh murabiyi Antonio Konte qishki transferlar davrida ham hujumchi sotib olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Jiru “Chelsi”ga 2018 yilning yanvarida “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar