"Inter"ga qarshi o‘yinda Shomurodovni asosiy tarkibda ko‘rishimiz mumkinmi? (Foto)

  • 23 aprel, 2022, 11:34
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun A Seriyada 34-tur bahslari start oladi. Kun doirasidan 4 o‘yin o‘rin olgan. Ular orasida "Roma" ishtirokidagi bellashuv ham bor.

Joze Mourino shogirdlari Milanga safar qiladi. Rimliklar "Inter"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

Italiyaning mashhur nashrlaridan biri "La gazzetta dello sport" jamoalarning taxminiy tarkiblarini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra Mourino bugun hujum chizig‘ida doimgidek Temmi Abraxamni maydonga tushiradi. Abraxamning ortida Mxitaryan va Pellegrini harakat qiladi.

Quyida tomonlarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing:

photo_2022-04-23_10-40-25

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
23/04/2022 12:40
Yoq mavrinyo unga iwonmaydi kunta bu murabiy