Intizom klassga ta’sir qilmoqda yoki terma jamoamizdagi o‘zgarishlar haqida

  • 27 sentabr, 2019, 16:54
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbolimizdagi o‘zgarishlardan so‘ng, saytimizga bir muxlisimizdan xat keldi. Ushbu maktubni e’tiboringizga havola etamiz.

Tecno

Ektor Kuperning O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiylik lavozimini tark etgandan keyingi qisqa fikrlar.

"Paxtakor" klubining so‘nggi 2 yildagi faoliyatini keltiraman. "Paxtakor" o‘tgan yili chempionlik uchun kurashdi va bu yil chempionlikni qo‘lga kiritdi, chunki klub xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan, aniq va ravshan tizimni qurmoqda. Shaxslarni almashtirish tizimi umuman klub faoliyatiga ta’sir qilmaydi va ehtimol shuning uchun chet el mutaxassisi taklif qilingan. Shota Arveladze Evropada ham futbolchi, ham murabbiy sifatida tajribaga ega va menimcha, menejer sifatida ham. Keyingi mavsumlarda bu "Paxtakor"ning klubdagi tizim qurilishi tufayli chempion bo‘lishiga ishonaman. Siz "Paxtakor" Superliganing boshqa klublaridan top futbolchilarni yangi homiylar hisobidan sotib olishiga qarshi turishingiz mumkin va bu faqat qisman to‘g‘ri bo‘ladi. Top-ligalarning barchasida boy klublar yaxshi o‘yinchilarni kamtar jamoalardan sotib olishadi. Nima uchun bizda boshqacha bo‘lishi kerak?

Ana endi terma jamoa haqida. Men Kuper yoki boshqa chet ellik mutaxassis jamoaga kelishini va uning shunchaki arzimagan oddiy sababga ko‘ra ketishiga qarshi bo‘lganman. Osiyoning top jamoalaridan biri bo‘lish uchun Kuper o‘zining tajribasi (tajribasi jiddiy va shubhasiz) va uslubi bilan avvalo jamoaga o‘yin intizomini olib kelishi kerak edi.

JCh saralashining birinchi bosqichidan biz istalgan murabbiy va ikkinchi tarkib bilan o‘ta olishimiz kerak, ammo ikkinchi bosqichda bizga Kuperdan men kutgan o‘yin intizomi kerak bo‘lar edi. O‘ylashimcha, Kuper saralashning birinchi bosqichidan osonlikcha o‘tib keta olardi (va Abramov ham buni uddalaydi).

Keyin nima bo‘ladi? Umuman o‘yin klassi yo‘qligi tufayli Osiyoning kuchli jamoalariga qarshi bahslarda ochkolar yo‘qotamiz. Ayrim o‘yinlarda Osiyo gigantlarini mag‘lub eta olamiz, ammo buni doimiy ravishda qila olmaymiz. Xullas Kuperdan Arveladze kabi tizim yaratishini kutgandim. 

Mening fikrimcha, Arveladze terma jamoa ruliga eng yaxshi nomzod bo‘lardi, chunki "Paxtakor"da O‘zbekistonning eng yaxshi o‘yinchilari va potentsiali eng yaxshi bo‘lgan futbolchilar jamlangan.

Terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman va Abramov muvaffaqiyat qozonishini istayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sag'indiq Kenjebaev
27/09/2019 16:57
Нима демоқчишилигини ўзи тушиндими?
&
Фан
28/09/2019 10:07
Ботирали уша мухлис номини хам озгина очиклаб утишингиз керак эди, худди уз фикрингизни бировни номидан билдирганга ухшатиб куйибсиз.
Менимча чемпионатимизда яна туртта Пахтакор каби талабларга жавоб берадиган клуб булганда эди ана ушанда Арвеладзега шундай бахо берсак ярашар эди.
Хозирча Арвеладзени килган мехнатларини бахолашни булажак ОЧЛ да курсатадиган натижасига кадар ортга суриб турсак адолатдан булган буларди.
Qodirjon Karimov
29/09/2019 16:23
Abramov hech taniqli futbolchisiz hamchiroyli futbol yarata oldi Bunyodkorda. MTJ ham shu ishni qila oladi
&
ахмад49
27/09/2019 18:42
Ботирали ва бошкалар, Арвеладзе,Арвеладзе деб энди бошимизни огритманглар,ахир Абрамов бош мураббий булдику,Пахтакор учта легионер ва 8 та Насаф уйинчиларини уйнатиб чемпион булди,уша Сиз яхши курган Арвеладзе бирорта топ уйинчи тарбиялаб чикаргани йукку,Арвеладзе зур булса Грузияда ёки европада мураббийлик килар эдида,зур жамоа ёки термалардан таклиф булмагандан кейин Пахтакорга мажбуран келганини биласизми Ботирали,сийкаси чикиб кетган гапни Сизга айтсам хуразканд чет элники дес ётиб олиб ялайсизлар,ахир Абрамов узмизнинг кадрдонимизку Ботирали.
&
ахмад49
27/09/2019 18:42
Ботирали ва бошкалар, Арвеладзе,Арвеладзе деб энди бошимизни огритманглар,ахир Абрамов бош мураббий булдику,Пахтакор учта легионер ва 8 та Насаф уйинчиларини уйнатиб чемпион булди,уша Сиз яхши курган Арвеладзе бирорта топ уйинчи тарбиялаб чикаргани йукку,Арвеладзе зур булса Грузияда ёки европада мураббийлик килар эдида,зур жамоа ёки термалардан таклиф булмагандан кейин Пахтакорга мажбуран келганини биласизми Ботирали,сийкаси чикиб кетган гапни Сизга айтсам хуразканд чет элники дес ётиб олиб ялайсизлар,ахир Абрамов узмизнинг кадрдонимизку Ботирали.
&
Surxon turon
27/09/2019 18:12
Арвиладзи яхши мураббий бӯлса очлда гурухдан чиқарди узбекистонда енг яхшилари билан гурухдан чиқолмади таёр ошга баковулку тулку узбек кулубларини кучсизлантириб чимпиён бӯлди
Rizo Janob
27/09/2019 18:02
Kuperda nima ayb? Hamma ayb futbolchilarda chunki ularda milliy gurur umuman shakilanmagan futbolchilarga eng avvolo shuni orgatish kerak.
&
Dezdi Chado
27/09/2019 17:28
Арвиладзигаям 73 миярд берамизми энди. Тинчгина утир. Шу Грузин зур булса Нрузияни ЖЧга олиб чикарди.
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/09/2019 17:13
Juda kulgili mutahislarda. Shota qanaqasiga murabbiy. Keldi. Uzbekiston urgandi. va pul evaziga. uziga kerakli uyinchilarni olib keldi. yahlit Nasafni kerakli ijrochilari atrofiga yigdi. eski pahtakorchilani kamandadan yuqotdi. Nasaf uyinchilari atrofiga Uyin shakllanterdi. va kerakli natijaga erishdi. qanaqasiga murabbiy u. Kelganidan bildiki. hech qachon Nasaf kuchi etmaydi. hammani qaqshatib yutaverib. Nasafdan 4 edi. keyin nima qildi. qulidan hech narsa kelmaslegini bilib. Nasaf kuchirdi. qisqasi bizani jurnalistla ham. sahal fudbolni tushunsa edi. Hozir pahtakorni murabbiy bulmasa ham bemolol uzb birinchi urinni oladi. Odil oldiga Aziz qushsa. buldi. keyin bularni atrofiga hohlagan uyinchilarni quyib shakllanteraveradi
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
27/09/2019 16:59
тушунишимча Арвеладзе яхшироқ вариант эди демоқчи