Ishsiz qolmaysan! Angliyaning uchta klubi "Barsa" oʻyinchisini kutyapti
«Barselona» himoyachisi Alehandro Balde qishki transfer oynasida jamoasini oʻzgartirishi mumkin. 22 yoshli ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar asosiy rejalariда deyarli koʻrinmayapti. Shu bois uning vakillari Angliya chempionati klublari bilan faol muzokara boshlagan.
Insayder Ekrem Konur tarqatgan maʼlumotga koʻra, Balde tomoni «Fulxem» rahbariyati bilan ehtimoliy transfer yuzasidan muloqot oʻtkazgan.
Shuningdek, futbolchi nomzodi «Everton» va «Sanderlend» klublariga ham taklif etilgan. Himoyachiga qiziqish bildirganlar orasida nufuzliroq jamoalar — «Manchester Yunayted» va «Liverpul» ham tilga olinmoqda.
Ispaniyalik futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha moʻljallangan. Shuni inobatga olgan holda, kataloniyaliklar Baldeni avvalambor ijaraga berish variantini koʻrib chiqishi ehtimoli yuqori.

Fikrlar