Isko uchun "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" hamda PSJ kurash boshladi
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Isko faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted", shuningdek PSJ ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlash kerakki, u bundan avvalroq “Santyago Bernabeu”da qolishga qaror qilgani haqida ma’lum qilgan edi, biroq jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan uni yangi mavsumda jamoasida ko‘rmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Qirollik klubi” esa uni 120 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar