Islam Maxachev va Charlz Oliveyra jangi borasida Daniel Korme qanday fikrda?

  • 20 iyul, 2022, 21:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Daniel Korme 22 oktyabr kuni Abu- Dabida tashkil etiluvchi "UFC 280" turnirining markaziy bahsida oktagonga ko‘tariladigan Islam Maxachev hamda Charlz Oliveyra jangi borasida fikr bildirdi. 

Tecno

"Rasman Oliveyra hozirda engil vazn toifasi chempioni emas, biroq biz bilamizki u haqiqiy chempion! Shunchaki, 0,2 funt oshiqcha vazni uchun chempionlikdan mahrum qilingan. 

Agar, to‘g‘risini gapiradigan bo‘lsak, Islam bu jangda o‘z omadini "stoyka"dan qidiradi, deb o‘ylamayman. U asosan e’tiborni "teyk-daun"larni amalga oshirib, jiu-jitsu bilan yutishga harakat qiladi",-dedi Korme The MMA Hour nashriga 

(Muallif fikri) - Darhaqiqat, ushbu qarama-qarshilik "Yil jangi" bo‘lishiga asosiy da’vogar bo‘lishi aniq. 

Dog‘iston kurashi va Braziliya jiu-jitsusi o‘rtasidagi to‘qnashuv! Ha, har ikkisini nisbatan mukammal jangchilar qatoriga qo‘shsak, yanglishmagan bo‘lamiz. Oliveyra, divizionning eng kuchli jangchilari- Fergyuson, Chendler, Pore, Getjiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi. Islam esa hali bu darajadagi raqiblarga duch kelmadi. Biroq, uning "dahshat"li kurashi Oliveyraga haqiqiy boshog‘riq bo‘lishi aniq. 

To‘g‘ri, yuqoridagi Kormening fikriga qo‘shilaman. Islam o‘z uslubida "teyk-daun"ni amalga oshirib, "parter"da nazorat qilish va imkon paydo bo‘lganda "sabmishen"ni amalga oshirishga harakat qiladi. Nazarimda Islam Getji, Pore yo‘l qo‘ygan xatoni takrorlamasa kerak. Chunki, "stoyka"da braziliyalik jangchining salohiyati yuqoriroq. 

Ammo, Oliveyra kichik imkoniyatdan ham maksimal foydalanishga harakat qiladi. U ham biladi, Islam nima qilmoqchi ekanligini, shunday ekan u asosiy urg‘uni " gilotina" va "uchburchak" uslublar ga qaratsa kerak. Zero, Islam "teyk-daun"larga ko‘p bora urinadi va bu holatda Oliveyraga "gilotina" qo‘l kelishi mumkin. Agar, Islam tomonidan "teyk-daun" muvaffaqiyatli amalga oshirilsa va "gard" holati yuzaga kelsa, bu vaziyatda "uchburchak" uslubi braziliyalik jangchiga asqotadi. Islamni "Kimura" yoki "Armbar" uslubiga tushirish juda qiyin. Chunki, uning qo‘li juda baquvvat va "parter" dagi nazorati ham raqibga bu imkoniyatni bermasa kerak. 

Bir so‘z bilan aytganda, imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim. Albatta, bu bir taxmin va shaxsiy fikr xolos. Aslida jang qanday bo‘ladi va kim g‘alaba qozonishini 22 oktyabr kuni bilib olamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!