Islom Ismoilov: "Murabbiy hech qachon o'yin uslubidan 100 foiz qoniqmaydi"

  • 01.03.2026 11:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Chempionatning dastlabki turida "Neftchi" oʻz uyida "Mashʼal"ni 3:0 hisobida yengdi. Oʻyindan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Islom Ismoilov matbuot anjumanida fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Barchani gʻalaba bilan tabriklayman! Oʻyinga kelsak, albatta 1-tur bahsi oson oʻtmasligi aniq edi. Uchrashuvdan oldin koʻpchilik "Mashʼal"ga past baho bergandi. 

1 hafta davomida futbolchilarga bu boʻyicha toʻgʻri koʻrsatmalarni berib keldik. Sababi "Mashʼal" ham bu yil tarkibni shakllantirishda bir qator legionerlarni taklif etdi, murabbiyi oʻzgardi. Shu narsalarni hisobga olgan holda tayyorgarlik koʻrgandik. Koʻp ishlanmalarimiz oʻyinda ish berdi.

Murabbiy hech qachon oʻz oʻyin uslubidan 100% qoniqmaydi. Kamchiliklarimiz bor, ammo gʻalaba qozonish yoqimli. Oʻyindagi hamma qulay vaziyatlarni golga aylantirganimizda hisob bundan-da yirik koʻrinish olishi mumkin edi. Ammo yigitlar biz xohlayotgan narsani bajarishga harakat qilmoqda".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/03/2026 16:26
аникрок айтганда,
яхши мураббий хеч качон коникмайди, чунки доимо изланишда, ривожланишда