Islom Kenjaboev "Qizilqum" futbolchisi!
"Qizilqum" o‘z safiga Islom Kenjaboevni qo‘shib olganini e’lon qildi.
"Mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz, transfer oynasida ilk yurishini amalga oshirdi.
Navoiyliklarga begona bo‘lmagan, amaldagi O‘zbekiston chempioni, tajribali yarim himoyachi Islom Kenjaboev yana "oltin izlovchilar" safida harakat qiladi. Futbolchi va klub rahbariyati o‘rtasida 1 yarim yillik shartnoma imzolandi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Kenjaboevning avvalgi jamoasi "Nasaf" edi.



Fikrlar