Islom Maxachev faoliyatidagi eng muhim jang qaysi ekanini aytdi
Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Islom Maxachev faoliyatidagi eng muhim jang haqida gapirdi.
"Charlz Oliveira bilan to‘qnashuvimiz kechagidek yodimda. Bu mening birinchi chempionlik jangim edi. Bu kurashda yutqaza olmasdim, butun umrimi o‘sha lahza uchun bag‘ishlagandim: 15-20 yil davomida har kuni sport zaliga borardim... Oila yo‘q, do‘stlar yo‘q, o‘yin-kulgi yo‘q. UFC chempioni bo‘lish uchun ko‘p yillar davomida hamma narsani to‘g‘ri bajarishga sarfladim", – dedi rossiyalik "Arena Fight" You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil "UFC 280" turnirida Maxachev 2-raundda Oliveirani sabmishn evaziga mag‘lub etib, engil vaznda UFC chempioniga aylangandi.
Fikrlar