Asosiy mazmunga oʻtish

Islom Maxachev: "Maddalena bilan bahs ancha qiyin kechishi aniq"

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

UFC jangchisi yarim o‘rta vaznda amaldagi chempionga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

UFC jangchisi Islom Maxachev (27-1) yarim o‘rta vaznda amaldagi chempion Jek Della Maddalena(18-2)ga qarshi bo‘lajak jang haqida gapirdi.

"Maddalena bilan bahs ancha qiyin kechishi aniq. Uning Belal Muhammad bilan jangini kuzatdim. Jek karerasining boshida kurash bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan, ammo u hozir ancha yaxshilangan. Dellaning kuchli polvonlar va grepplerlar bilan mashg‘ulot o‘tkazayotganini ko‘rdim. U har tomonlama xavflilashib bormoqda. Biroq tez orada biz dunyoning eng yaxshi jangchisi kim ekanini bilib olamiz" - dedi rossiyalik.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Maddalena qarama-qarshiligi kuzda o‘tkazilishi xaqida xabarlar mavjud.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q