
Islom Maxachev "UFC 311" turniridan qancha gonorar ishlab oladi?
Xabaringiz bor, 19 yanvar tongida (O‘zbekiston vaqti bilan) AQSh ning Los-Andjelas shahrida "UFC 311" turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning main event jangida amaldagi chempion Islom Maxachev (26-1) va braziliyalik Renato Moykano (20-5-1) o‘zaro to‘qnash keladi. Biroz avval dog‘istonlikning mazkur turnirda qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Maxachev 2 million dollarga yaqin pul olishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 311" turniri O‘zbekiston vaqti bilan tongi soat 04:00 da start oladi.
Fikrlar